Kavani "Barselona"da jarohatlangan Agueroning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
5 noya 2021, 16:35
"Barselona" "Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavanini xarid qilmoqchi.

"Kavani - Agueroning uzoq muddatga safdan chiqqanini almashtirish uchun "Barselona"ning o'z oldiga qo'ygan maqsadi", - deyiladi manba xabarida.

Kataloniya klubi 34 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Aguero esa yuragidagi muammo sabab kamida uch oy o'ynay olmaydi.

Eslatib o'tamiz, urugvaylik futbolchining MYU bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/diarioas