Katanets Superligani kuzatmaydimi?

30 may 2022, 15:12
Srechko Katanets terma jamoaning navbatdagi yig'iniga jalb qilgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi.

Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev esa telegramdagi kanalida bazi savollarni o'rtaga tashladi:

Sloveniyalik mutaxassis chempionatimiz to'purarini yig'inga jalb qilmadi (5 ta to'p kiritgan Temurxo'jani ham). Albatta, uning nazdida Eron Pro-ligasining 11 o'yinida birorta gol urolmagan hujumchilar ham Shohruzdan kuchli bo'lishi mumkin. Lekin, oxirgi uch yillikni, o'n yillikni, hatto ming yillikni inobatga olsangiz ham, Norxonov Amonov bilan Temirovdan ko'proq to'p kiritgan.

Demak, Srechko futbolchilarning ayni paytdagi holatiga emas, qaysi chempionatda to'p surishiga e'tibor beradi va iloji bo'lsa, xorijda o'ynayotganlarni chaqiryapti. 

Unda nega Belarusda rekordlarni yangilab tashlayotgan, 10 o'yinda 11 ta gol urgan Bobir Abdixoliqov ham ro'yxatda yo'q?

Va eng og'riqli savol: Katanets Superligani kuzatadimi o'zi? Agar kuzatsa, "Navbahor" bilan o'yinda to'xtab turgan mashinadan ham sekinroq harakatlangan, jamoasi 15 ta to'p o'tkazib yuborgan futbolchini nega yig'inga chaqirdi? Oxirgi yillarda hammadan barqarorroq o'ynayotgan A'zamovga nega hech joy topilmaydi? Yoki u ham terma jamoada o'ynash uchun Eron chempionatiga o'tishi kerakmi?

Muallifning telegramdagi shaxsiy blogiga a'zo bo'ling.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia