Karvaxal: "Real"dan so'ng hech bir Yevropa klubiga o'tmaslikka kafolat beraman"

Alisher
29 iyun 2024, 20:31
"Real" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal kelajagi bo'yicha o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.

"Klubni tark etish navbatim kelganida qanday holatda, qanday yoshda ekanligimni baholayman... ammo, "Real"dan so'ng hech bir Yevropa klubiga o'tmayman, men bunga kafolat beraman", - dedi Karvaxal.

Karvaxal "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2023/24 yilgi mavsum "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Karvaxalning Madrid klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca