Karrager: "Manchester Yunayted"ning futboli ishdan chiqqan"

Mirjalol Normatov
29 okt 2023, 17:50
Angliya termasining sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ning o'yin uslubi haqida gapirdi.

"Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin MYU tiklanayotgan emas, balki yanada cho'kayotgan jamoaga o'xshab qoldi. Erik ten Xag qo'l ostida jamoa "ishdan chiqqan" futbol ko'rsatyapti. Jamoaga uslub yetishmayapti.

Faqatgina bir qancha futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishyapti. Garchi 2022 yil iyulidan beri 16 nafar yangi futbolchilar uchun 459 mln evro ishlatilgan bo'lsa-da, murabbiy o'yin uslubini to'g'ri yo'lga qo'ya olmayapti", - dedi Karrager.

Ayni damda mankunianliklar APLning 8-pog'onasida borishmoqda. Jamoa so'nggi chempionligini qo'lga kiritganiga 10 yil bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph