Karrager: "Lindelyof APLda o'ynashi kerak emas"

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 13:45
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikricha, "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof APLda o'ynashga munosib emasligini aytdi.

Lindelyof "Tottenxem"ga qarshi bahsning 58-daqiqasida zaxirada maydonga tushdi. Bir necha daqiqadan so'ng u raqib yarim himoyachisi Dele Alliga David de Xea bilan birga-bir chiqish uchun imkoniyat yaratdi.

"Aslida Lindelyofga biroz raxmim keladi, u APLda o'ynashi kerak emas. Fil Jons va Kris Smolling uzoq vaqtdan beri birga o'ynaydi, shu sababli ularda bunday xatolar kam bo'ladi" - deydi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com