

"Chelsi" shunchaki yangi futbolchilarni sotib olishni to'xtatishi, futbolchilar esa "Chelsi" bilan shartnoma tuzishni bas qilishlari lozim. Agar men futbolchi bo'lganimda, o'ylardim: "Nega u erga borishim kerak?"
Ular Joau Feliksni sotib olishdi, u qayerda o'ynaydi? Bir hafta oldin Pedru Netuni olishdi, Koul Palmer borligida u qayerda o'ynaydi?
100 mln funtga sotib olingan Enco Fernandes qayerda o'ynaydi? Nkunku qayerda o'ynaydi?
Kuchli klublarda raqobat bo'lishi kerak, ammo har bir o'ynagan klubda 7 yoki 8 futbolchi har hafta maydonga tushishini bilishi kerak. 6 yoki 7 futbolchi esa asosiy tarkibdagi 3 ta o'rin uchun raqobatlashishardi. Bu tabiiy jarayon.
Agar mendan Feliks qayerda o'ynaydi deb so'ramoqchi bo'lsangi, menda qarama-qarshi savol bor: u bazada qayerda kiyim almashtiradi? Bu futbolchilar kiyim almashtirish xonasiga qanday sig'ishadi? Mashg'ulotni qayerda o'tkazishadi?" – dedi "Liverpul" sobiq himoyachisi.




