Karlo Anchelotti: Shunday jamoani boshqarayotganimdan g'ururlanaman

Aziz Tukhtamuradov
6 apr 2014, 09:07
Real jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Real Sosedad ustidan qozonilgan (4:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Menga o'yin yoqdi. Chunki biz yaxshi va tartibli o'ynadik. Judayam xursandman. Bu albatta oson bo'lgani yo'q, lekin, bizda kurashuvchan jamoa mavjud. Mana shunday jamoani boshqarayotganimdan faxrlanaman.

G'alaba bizni jamoani yanada kuchliroq qiladi. Biz so'nggi o'yingacha kurashni davom ettiramiz, - deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda madridliklar rasmiy sayti.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net