Karlo Anchelotti: "Shartnomamni yana to'rt yilga uzaytiraman"

Mirjalol Normatov
20 fev 2026, 02:29
Karlo Anchelotti Braziliya termasini boshqarish yoqayotganligini aytdi.

U shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirishni xohlayotganini ma'lum qildi.

"Braziliya termasi bilan shartnomamni yana to'rt yilga uzaytiraman deb o'ylayman.

Bu ish menga yoqdi. Undan huzur olyapman", - dedi Anchelotti.

Italiyalik murabbiy 2025 yil mayida Braziliya termasi boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida terma 8 o'yinda qatnashib, 4tasida g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Movistar