Karlo Anchelotti "Real"ni yana 10 yil boshqarishga tayyorligini tan oldi

Alisher
3 may 2022, 16:04
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar uning murabbiylik faoliyatidagi so'nggi klub bo'lishini aytdi.

"Menimcha "Real"dan ketgandan so'ng iste'foga chiqaman, ammo jamoa mening 10 yilga shu yerda qolishimni xohlasa, unda yana 10 yil qolaman. Kelajakda milliy jamoa ham variant bo'lishi mumkin. Nega yo'q? Xohlardim", - deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, 62 yoshli mutaxassis "Real"ni 2021 yilning yozidan beri boshqarmoqda va jamoa bilan La Ligada g'olib bo'ldi. U Yevropa top-5 chempionatlarini yutgan ilk mutaxassisga aylandi.

Murabbiyning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Amazon Prime Video