Karlo Anchelotti: Meni e'tiborim "Real"ga qaratilgan, "Barselona"ning muammolaridan xursand bo'lmayman

7 yanv 2015, 00:43
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti asosiy raqiblari "Barselona"da yuzaga kelgan muammolar xususida gapirib o'tdi.
Men "Barselona"ning muammolaridan xursand bo'lmayman. Meni e'tibor o'z jamoamga qaratilgan. Kataloniyaliklarning muammolari bilan ishim yo'q. Odatda barcha jamoalarda o'zining ichki muammolari bo'lib turadi.
Men ularning kiyinish xonasida qanday gap-so'zlar bo'lganidan xabardor emasman. Shu bois Luis Enrikening qarorlari borasida biror bir fikr bildirmoqchi emasman. Enrike jamoasida nima ruy berayotganini boshqalardan ko'ra yaxshiroq biladi. Menimcha, Luis Enrike eng to'g'ri qarorni qabul qilgan.

Manba: sports.ru