Karl-Xaync Rummenigge: "Kovachning shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi"

24 may 2019, 21:20
"Bavariya" direktorlar kengashi raisi Karl-Xaync Rummeninge jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach haqidagi savolga javob qaytardi.

- Uning kelajagi Germaniya kubogiga bog'liqmi?

- Bitta o'yin bo'yicha qaror qabul qilish bu ahmoqlik. Ishga mas'uliyatsiz yondoshilgan bo'ladi. Kovachning shartnomasi 2021 yilga qadar amaol qiladi va bu borada hech kim shubhalanmadi.

Biz Niko Kovach bilan bo'lishga ishonamiz. Agar Uli Xyonnes va meni Kovach haqida turlicha fikrda bo'lganimizda, u bizning murabbiy bo'lmas edi, - deydi Rummeninge.

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de