"Kardiff" futbolchisining hayoti saqlab qolindi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2019, 18:44
"Kardiff" sardori Shon Morrison bir o'limdan qoldi.

"Wales Online" xabariga ko'ra, futbolchining ko'richagi yorilib ketgan. Shunga qaramay u tez yordam chaqirishdan bosh tortgan. Qorindagi og'riq kuchayganidan keyin futbolchining rafiqasi shifokorlarni chaqirgan. Ular futbolchini kasalxonaga olib ketishgan va operaciya qilingan. Agarda ular 45 daqiqa kechikishganida futbolchi hayotdan ko'z yumgan bo'lardi.

28 yoshli Morrison kasalxonadan chiqqan va uyiga jo'natilgan.

Futbolchi 2014 yildan "Kardiff" sharafini himoya qilmoqda. U bu mavsumda 22 o'yinda qatnashdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Wales Online