Kantona "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
20 mar 2020, 19:55
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo'lgan Erik Kantona "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkin.

"Mirror" xabariga ko'ra, rahbariyat Erikni klub elchisi sifatida ishga olishni rejalashtirgan.

Kantona 1992-1997 yillar davomida klubning asosiy figurasi va "Manchester Yunayted" muxlislari yoqimtoyi bo'lgan.

"Manchester Yunayted"da Brayan Robson va Denis Irvin kabi jamoaning bir necha sobiq futbolchilari elchi sifatida ishlashmoqda.

Yaqin vaqtlar ichida Erik ham ularning qatoriga qo'shiladi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror