Kante "Ayaks"ga qarshi bahsda qatnashishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 noya 2019, 20:44
"Chelsi" YCHLning 4-turi doirasida "Ayaks"ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Aristokratlar" yarim himoyachisi Ngolo Kante oktyabr oyida olgan jarohatidan keyin ilk marta umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi. Jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard ham uning holati yaxshi ekanligini va "Ayaks"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishini tasdiqlagan.

28 yoshli xavbek Fransiya termasi safida Islandiyaga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotda jarohatlangandi.

"Chelsi" - "Ayaks" uchrashuvi ertaga tunda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS