Kampush: "Mbappe Neymarni sotishni talab qilgani yolg'on ma'lumot"

Sherzod Nurmatov
17 sen 2022, 12:37
PSJ sport direktori Luish Kampush hujumchi Kilian Mbappe o'tgan yozda braziliyalik hujumchi Neymarni sotishni talab qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

"Neymar hech qachon PSJdan ketishga yaqin bo'lmagan. U haqida tarqalgan barcha mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Mbappe Neymarni sotishni talab qilgani ham yolg'on ma'lumot. U PSJ loyihasining yuz foiz qismi", – dedi Kampush.

30 yoshli Neymar joriy mavsum PSJ safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma qayd etdi. 23 yoshli Mbappe esa 8 ta uchrashuvda 10 ta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport