

Uchrashuv avvalida "Nasaf"ning sobiq futbolchisi Kamoliddin Kenjaevga klub bosh homiysi va O'FA tomonidan vada qilingan uyning kaliti topshirildi.
Kamoliddin Kenjaevga kalit va sertifikatni O'FA mas'ul xodimlari Rahmiddin Zikriyaev va Shoakram Isroilov tantanali ravishda topshirishdi.
Ma'lumot uchun, Kamoliddin Kenjaev 2002-2006 yillarda "Nasaf" sharafini himoya qilgan.
Futbolchi 2006 yilda yuz bergan avtofalokat natijasida butsalarini mixga ilishga majbur bo'lgan edi.





