Kamerunda JCH-2014 vaqtida terma jamoaning kelishilgan o'yinlar haqidagi arizasini o'rganib chiqishmoqda

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 11:16
Kamerun futbol federatsiyasi rahbariyati, ularning terma jamoasi JCH-2014da kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani haqidagi arizani o'rganib chiqmoqda.
Kamerun futbol federatsiyasi tarbiyaviy qo'mitasi OAV tomonidan ovoza qilingan, etti futbolchi turnirda o'yinlarni sotgani haqidagi ma'lumotni ko'rib chiqyapti.

Oldinroq kelishilgan o'yinlar tashkilotchisi singapurlik Uilson Raj Perumal, Kamerun va Xorvatiya o'rtasidagi uchrashuv shubxa ostidaligini takidlagan edi.

O'yindan bir necha soat oldin Perumal o'z Facebook sahifasida, Kamerun 4:0 hisobida mag'lub bo'ladi, birinchi bo'limda esa kamerunliklardan bir kishi qizil kartochka olishini yozgandi. O'sha o'yinda kamerunliklar 0:4 hisobida mag'lub bo'lishgan va 40 daqiqada Aleks Song qizil kartochka bilan maydonni tark etgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru