Kalu Gerta bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2017, 22:10
Hujumchi Salomon Kalu Gerta bilan kelishuvni uzaytirdi.

Menga Berlinda juda ham qulay. Gerta safida hali ko'p o'ynamoqchiman. So'nggi yillarda bo'lgani kabi klub rivojlanishi uchun qo'limdan kelganini qilaman, – deydi futbolchi.

Rasmiy xabarda kelishuv qancha muddatga tuzilgani e'lon qilinmagan. Uning oldingi shartnomasi shu mavsum oxiriga qadar tuzilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: herthabsc.de