“Chelsi” sobiq futbolchisi Braziliya klubiga o'tdi

10 iyul 2020, 09:34
Salomon Kalu faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.

“Chelsi”, “Lill” va “Gerta” klublari sobiq a'zosi Salomon Kalu faoliyatini Braziliyada davom ettiradigan bo'ldi. Kalu “Botafogo” klubi bilan 2021 yil oxiriga qadar shartnoma imzolagan. Futbolchi kelasi hafta Braziliyaga yetib boradi.

Kalu so'nggi mavsumni “Gerta” safida o'tkazdi. U klub uchun joriy mavsum 5 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: “Ботафого” расмий сайти