

"Bu juda katta mas'uliyat. Bu o'yinda nafaqat klub, balki mamlakat sharafi himoya qilinadi. O'ylaymanki, butun MDH bizni qo'llab-quvvatlaydi. Qozog'iston yorqin istedodlarni rivojlantirishga qodir ekanligi va futbolimiz hurmatga loyiq ekanligini ko'rsatishimiz kerak. Raqibning maqomidan qati nazar o'z o'yinimizni namoyish etishimiz muhim", – dedi 18 yoshli posbon.
Kalmurza Aleksandr Zaruckiy va Temirlan Anarbekovning jarohatidan so'ng "Qayrat"ning birinchi raqamli darvozaboni bo'ldi.
"Qayrat" – "Real" uchrashuvi 30 sentyabr kuni Olmaotadagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.



