Kaka: “Messi hech qanday muammosiz APLda o'ynay oladi. Hammasi o'ziga bog'liq”

Eldor Akmurzayev
9 fev 2020, 20:15
Braziliya termasining sobiq a'zosi Kaka “Barselona” yetakchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

“O'ylashimcha, u hech qanday muammosiz APL yoki bo'lmasa top-ligalarning kuchli jamoalari safida o'ynay oladi. Hammasi uning xohishiga bog'liq. Uni boshqa klubda tasavvur qilish qiyin ammo u o'ziga: “Yaxshi, men nimanidir o'zgartirishim kerak, yangi tajriba orttirishim zarur. Boshqa liga va boshqa klub safida ham eng yaxshi bo'laman”, deb aytishi ham mumkin edi. 

Ronalduning “Real”dan ketgani esa klub ishqibozlari uchun qayg'uli bo'lgan. Biroq, keyin ko'pchilik: “bu normal holat, uning uchun bu yangi chaqiruv hamda oldinga intilish uchun zamin yaratganini” tushunib etdi", deb fikrini yakunlagan Kaka.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca