Kagava "Aston Villa"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi
Aziz Tukhtamuradov
29 mar 2014, 21:57
Yaponiyalik hujumchi Sindzi Kagava "MYU" muxlislari tomonidan "Aston Villa"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu borada Kagavaga hujumchi Ueyn Runi va ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mata raqobat ko'rsatdi. So'rov yakunlariga ko'ra Kagava 42% ovoz to'pladi, deya xabar bermoqda "MYU"ning rasmiy tvitteri.