
Bunday qaror, himoyachi Fernandu Varelani Tunis termasiga qarshi o'yinda (2:0) noqonuniy tartibda qatnashganligi uchun chiqarilgan. O'yindan keyingi tekshirish ishlaridan so'ng Kabo-Verdega 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozilgan.
Shunday qilib Tunis 14 ochko jamg'argan holda V guruhida peshqadam bo'lib oldi va endi Kabo-Verde terma jamoasi o'rniga pley-off bahslarida qatnashadi.
Eslatib o'tamiz, 24 martda Ekvatorial Gvineyaga qarshi bo'lgan o'yinda qizil kartochka olib 4 o'yinga diskvalifikaciya qilingan Varela, ikki diskvalifikaciyani o'tkazib maydonga tushgan.