Kabo-Verde terma jamoasi JCH-2014 saralashining pley-off bosqichida ishtirok etishdan chetlatildi

12 sen 2013, 21:27
FIFA tartib-intizom qo'mitasi Kabo-Verde terma jamoasini Jahon chempionati-2014 saralashida ishtirok etishdan chetlatishga qaror qildi.

Bunday qaror, himoyachi Fernandu Varelani Tunis termasiga qarshi o'yinda (2:0) noqonuniy tartibda qatnashganligi uchun chiqarilgan. O'yindan keyingi tekshirish ishlaridan so'ng Kabo-Verdega 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozilgan.

Shunday qilib Tunis 14 ochko jamg'argan holda V guruhida peshqadam bo'lib oldi va endi Kabo-Verde terma jamoasi o'rniga pley-off bahslarida qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, 24 martda Ekvatorial Gvineyaga qarshi bo'lgan o'yinda qizil kartochka olib 4 o'yinga diskvalifikaciya qilingan Varela, ikki diskvalifikaciyani o'tkazib maydonga tushgan.


Manba: sports.ru