Kabay: “Pogba Fransiya uchun juda muhim va bizga ham u bilan birga o'ynash yoqadi”

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2014, 17:37
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yoan Kabay, Pol Pogbaning mundialdagi harakatlarini yuqori baholadi.
Fransiya va Nigeriya uchrashuvida Pol Pogba eng yaxshi futbolchi deb topildi.

“Baxtimizga, Pogba Vieyrani eslatib turadi. U jamoamiz o'yiniga juda kerak va bizga ham u bilan birga maydonda o'ynash yoqadi. Bu birlik, do'stlik jamoamizning o'sishiga yordam bermoqda. Pol Nigeriya darvozasiga gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, u bunga munosib edi.

Pogbaga nisbatan tanqidlar ko'pligiga qaramay, unga ishonishda davom etishmoqda. Jamoamiz u bilan birgaligini biladi. Pol maydonda nimaga qodirligini ko'rsatib berdi va bu harakatlari tanqidlar uchun javob bo'la oladi” – deydi Kabay.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com