Jurnalist: "Tottenxem" o'yinchilari Mourinyuning iste'fosini nishonlashdi

Alisher
23 apr 2021, 17:15
Jurnalist Maykl Brijning xabariga ko'ra, "Tottenxem"ning bir necha futbolchilari Joze Mourinyuning jamoa murabbiyligidan iste'foga chiqarilganidan xursand bo'lishgan.

"Meni Mourinyuning iste'fosi borasidagi xabar hayron qoldirdi. Bu mavsum so'nggida ro'y beradi deb o'ylagandim. Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyatsizlik murabbiylar shtabi uchun jiddiy zarba bo'ldi.

Menga xabar berishlaricha, jamoaning bir necha futbolchilari mashg'ulot zalida Mourinyuning iste'fosini nishonlashgan", - deydi insayder.

Rayan Meyson "shporlar"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Tottenxem" APLda 33 turdan so'ng 53 ochko jamg'argan holda jadvalda 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports