Jud Bellingem Bundesligada mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi

Alisher
30 may 2023, 09:00
Germaniya Bundesligasi 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, yilning eng yaxshi o'yinchisini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Dortmundning Borussiya klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingem Bundesligada mavsumning tengsiz o'yinchisi deb topildi.

19 yoshli angliyalik xavbek yakunlangan mavsum Bundesligada 31 o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assistga mualliflik qildi.

Dortmund klubi esa chempionat yakunlariga ko'ra, to'plar nisbatiga binoan Bavariyadan ortda qolib, turnirni 2-o'rinda yakunladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com