Joze Mourinyu nemis klubini boshqarishi mumkin. Bu "Bavariya" emas

Alisher
19 noya 2019, 13:18
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu yaqin vaqtlarda murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.

55 yoshli portugaliyalik mutaxassis Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr o'rniga nomzod sifatida ko'rilmoqda.

Qayd etish kerakki, "Borussiya Dortmund" bosh direktori Xans-Yoaxim Vacke Mourinyu bilan uzoq vaqtdan beri do'stdir.

Xabarlarga qaraganda, Mourinyuning o'zi ham nemis tilini o'rganish harakatiga tushib ketgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: France Football