Joze Mourinyo: “MYU”da g'alaba qozonish bilan birga yaxshi o'yin ko'rsatish lozim”

Aslanov Jasurbek
18 dek 2016, 02:03
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasining APL 17-turida “Vest Bromvich” ustidan (2:0) qozongan g'alabasi haqida to'xtaldi.

“Men baxtliman. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Hattoki o'tgan turda “Kristal Pelas” bilan uchrashuvga nisbatan yaxshiroq futbol namoyish etdik. O'yinni nazoratimizda ushlab turdik va o'zimizni haqiqiy jamoa sifatida ko'rsatdik. Toni Pulis jamoasi qarshi o'ynash doim qiyin bo'lib kelgan. Men buni “Chelsi”da ishlagan vaqtimdan buyon bilaman. Boshqa jamoalarda jamoani o'yinidan  uning qayd etayotgan natijasi muhim hisoblanadi. “MYU”da esa unday emas: bu yerda g'alaba qozonish bilan birga muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishing lozim” deya murabbiyning so'zidan iqtibos keltirmoqda VVS.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС