Joze Mourinyo: "Ko'pchilik futbolchilar yakuniy ro'yxatga kirmaydi"
Mirjalol Normatov
25 iyul 2018, 13:11
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning aytishiga ko'ra, jamoaning holati APLning boshqa jamoalariga nisbatan biroz yomonroq.
"Ayni damdagi futbolchilarning katta qismi yakuniy ro'yxatga kirmaydi. Holat shunday, bu esa bizni xursand qilmaydi. "Arsenal", "Liverpul" va "Chelsi"ga ahamiyat bering. Ulardagi holat umuman boshqacha", - dedi Mourinyo.