Joriy mavsum "Barsa"da 21 yoshdan kichik 10 futbolchi o'ynadi. Bu top-5dagi uchinchi ko'rsatkich

Alisher
22 noya 2021, 17:16
"Barselona"ning 17 yoshli hujumchisi Ilyas Axomash "Espanol" (1:0)ga qarshi La Liga 14-tur doirasida katta jamoada debyut qildi.

U joriy mavsum chempionatda maydonga tushgan 21 yoshdan kichik "Barselona"ning o'ninchi futbolchisiga aylandi.

Bu top-5 ligalaridagi uchinchi ko'rsatkich. 21 yoshdan kichik futbolchilar bundan ko'p faqatgina "Renn" va "Sent-Eten"da harakat qilishdi - 11 nafardan.

Shuningdek, "Monako" va "Shtutgart" safida ham 21 yoshgacha bo'lgan 10 o'yinchi harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: OptaJose