Jonibek Mirzaqulov: "Biz haqli g'alabaga erishdik"

Sherzod Nurmatov
24 okt 2022, 13:17
Pro liga 22-turidan o'rin olgan "Aral Samali" – "Yangier" (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar sardori Jonibek Mirzaqulov fikrlariga quloq tutdik.

"Aral Samali"ga qarshi o'yin juda qiziqarli o'tdi. Uzoq yo'l bosib bordik. Lekin g'alaba uchun maydonga tushgandik va bunga haqli ravishda erishdik. Maydonda raqibdan kuchli ekanligimizni ko'rsata oldik.

Jamoamiz kuchli beshtalikka kira olmadi. Aslida mana shunday maqsadni rejalashtirgandik. Endilikda esa 6-o'rinni qo'lga kiritishni rejalashtirganmiz va bunga harakat qilyapmiz", – dedi Mirzaqulov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia