Yoaxim Lev: “Biz francuzlarning hujumini uzib qo'ydik”

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014, 09:14
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Fransiya ustidan qozonilgan (1:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'ylashimcha, bugun har ikki jamoa ham himoyada yaxshi o'yin namoyish etdi. Taxmin qilganimdek, butun o'yin davomida xavfli vaziyatlar kam bo'ldi. Biz francuzlarga hujum qilish uchun imkoniyat yaratib bermasligimiz kerak edi. Chunki ular tarkibida yuqori saviyali hujumchilar bor.

Amalda ham shunday bo'lib chiqdi. Shogirdlarim raqib futbolchilarining hujumlarini uzib qo'yishdi. Bu esa g'alabamizning asosiy omili bo'ldi. Bugun Xummels, Boateng va Noyerning ajoyib o'yin namoyish etganini alohida takidlagan bo'lardim”, – dedi Lev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com