Joau Feliks “Atletiko” tarixida Aguerodan so'ng eng yaxshi ikkinchi natijani qayd etdi

28 okt 2020, 08:21
“Atletiko M” YCHL 2-turida “Zalcburg”ni 3:2 hisobida engdi.

Madridliklar safida Joau Feliks dublga erishdi. Feliks 2 ta gol urgan vaqtda 20 yosh 252 kunlik edi. Natijada Joau klub tarixida dublga erishgan ikkinchi eng yosh futbolchi bo'ldi. Madridliklar safidagi rekord esa Serxio Agueroga tegishli. Argentinalik forvarda 2 ta gol urgan vaqtida 20 yosh 106 kunlik bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta