Jiru Iguainning "Chelsi"ga o'tgani haqida: "Raqobat doimo jamoaga yordam beradi"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019, 19:45
"Chelsi"ning fransiyalik hujumchisi Olive Jiru Gonsalo Iguainning London klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi.

31 yoshli forvard joriy mavsum oxirigacha ijara asosida "aristokratlar" sharafini himoya qiladi.

"Tarkibda bir nechta hujumchilar bo'lishi klub uchun yaxshi. Bu jamoaning ustunligi, raqobat esa doimo foyda keltirgan. Jamoaga yordam berish uchun birgalikda mehnat qilamiz" - deydi Jiru.

Iguani joriy mavsum A Seriyaning 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN