

"Ligadagi raqobat oshgan. Buni biz xalqaro o'yinlarda ham ko'rdik: "Inter" va "Napoli" YCHLda ajoyib ishtirok etmoqda. Biz ham navbatdagi bosqichga chiqishni o'ylayapmiz. Bu A Seriya uchun foydali, so'nggi yillarda ushbu ligada anchagina muammolar kuzatildi. Italiyada doim ham muvaffaqiyatlarga erishish oson emas, top-klublar bu yerda juda ko'p.
Bu yerdagi harakatchanlik APLdagidan ko'ra kamroq bo'lsa kerak, deb o'ylagandim. Biroq bu jamoaga o'tgandan keyin liganing shiddatini, jamoalarning bosimini ko'rib fikrim o'zgardi. Bu yerda bo'shashish umuman mumkin emas, doimo faol holatda bo'lish kerak. O'yinga 100 foiz e'tibor bermasa, raqiblar bundan foydalanib ketadi", - dedi futbolchi.



