

- Natija biz uchun yomon bo'ldi. Ikkinchi bo'limdagi dastlabki 15 daqiqani yomon o'tkazdik. Buning oqibatida mag'lubiyatga uchradik.
- Futbolchilarning ro'za tutishi o'yinga ta’sir qildi deb o'ylaysizmi?
- Bu unchalik ta’sir qiladi deb o'ylamayman. Jamoamiz birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdi, tezkor gol urdik. Ikkinchi bo'limdagi xatolar tufayli mag'lub bo'ldik. Umuman olganda ro'za tutish futbolchilarga katta ta’sir o'tkazadi deb o'ylamayman.

- Vieraning almashtirilishi o'yinga ta’sir o'tkazdimi?
- U jarohatlangandi. Shu boisdan uni o'zgartirishga majbur bo'ldik. Uning o'rniga maydonga tushgan futbolchi o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Shu boisdan 4-4-2 taktikasida o'ynadik va biroz vaqt o'tib, o'z taktikamizga qaytdik. Bir muddat o'yinni nazorat qildik deb o'ylayman. To'g'ri, Viera yomon futbolchi emas. Biroq uning o'rniga o'yinga qo'shilgan futbolchi ham yaxshi sifatlarga ega edi.



