Jezus "Arsenal"ga o'tadi

Alisher
23 iyun 2022, 17:38
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin.

Jurnalist Ben Yakobsning xabariga ko'ra, Angliya klublari braziliyalik o'yinchining o'tishi borasida og'zaki kelishuvga erishishdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Jezus "Arsenal" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchi jamoa uchun ushbu transfer oynasidagi bosh maqsad hisoblanadi.

25 yoshli o'yinchi 2017 yilning yanvaridan beri "Manchester Siti"da o'ynaydi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen