Jessi Lingard: "Pogbaning diskvalifikaciyasi – MYUga zarba bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
3 dek 2017
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard "Arsenal" bilan o'yinda (3:1) dublga erishdi va o'z fikrlarini bildirdi.

Ajoyib g'alaba. O'ylashimcha, barchamiz yaxshi o'ynadik.

David De Xea bizni o'yinda saqlab qoldi, u dunyoning eng kuchli darvozaboni. Ortimizda shunday darvozabon borligi ajoyib.

Pogbaning diskvalifikaciyasi - jamoamizga zarba, ammo yigitlar bunga tayyor. Barcha ishlab asosiy tarkibga loyiqligini ko'rsatishi lozim, – deydi Lingard.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com