"Jenoa" Strootman transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
25 avg 2022, 11:20
"Jenoa" matbuot xizmati niderlandiyalik yarim himoyachi Kevin Strootmanning transferini e'lon qildi.

Hozircha transfer shartlari ochiqlanmagan. U bir yil oldin "Marsel"dan erkin agent sifatida ketgandi.

32 yoshli Strootman 2018 yildan buyon "Marsel"da o'ynab kelayotgandi. Jamoa tarkibida u 78 o'yinda qatnashib, 9 golga assist bo'lgan. 

Bunga qadar u "Sparta", "Utrext", PSV, "Roma", "Kalyari" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagandi. Terma tarkibida 46 o'yinda qatnashib, 3 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GenoaCFC