Jeko: "Manchester Siti" men uchun katta oila edi"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2015, 13:45
Ijara asosida "Roma"ga o'tgan "Manchester Siti" hujumchisi Edin Jeko "shaharliklar" bilan xayrlashdi.

"Siz bilan o'tkazgan to'rt yarim yildan so'ng xayrlashish vaqti keldi. "Manchester Siti"da o'z faoliyatimdagi eng yaxshi onlarni o'tkazdim. Beshta sovrin, asosiy raqiblarimiz ustidan qozonilgan ko'plab g'alabalar - bularni unutib bo'lmaydi. Hammasi uchun rahmat. Menga yordam bergani uchun klub ishchilariga minnatdorchilik bildiraman. Bir oiladek bo'lib qolgan jamoadoshlarim va murabbiylarga ham rahmat aytaman. "Manchester Siti"ni - katta oiladek ko'rar edim. Yaqinlar bilan xayrlashish doimo qiyin bo'lgan...

Xayrlashish va yangi marralar sari intilish vaqti keltdi. Boshqa klubga ketyapman, ammo sizlar bilan o'tgan vaqtlarim doimo yodimda qoladi. "Manchester Siti"ning muxlisi bo'lib qolaman va klubga eng yaxshi niyatlarimni tilayman" - deydi Jeko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com