

Peru terma jamoasi o'z uyida Braziliyani qabul qilib, 2:4 hisobida yutqazdi. Peruliklar safidagi gollariga Renato Tapiya hamda Andre Karrilo mualliflik qilgan bo'lsa, mehmonlar safida Neymar xet-trikka erishdi, yana bir gol Risharlison tomonidan urildi.
Braziliya ushbu g'alabadan so'ng musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, Peru esa 8-o'rindan joy olgan.
Peru - Braziliya - 2:4 (1:1)
Gollar: Karrilo, 6 (1:0). Neymar, 28 - penalti (1:1). Tapiya, 59 (2:1). Risharlison, 64 (2:2). Neymar, 83 - penalti (2:3). Neymar, 90+4 (2:4).
Peru: Galese, Sambrano, Advinkula, Trauko, Abram, Yotun, Gonsales (Arauxo, 90), Tapiya (Kueva, 90), Akino, Farfan (Polo, 90), Karrilo.
Braziliya: Veverton, Tiago Silva, Danilo, Markinos (Rodrigo Kayyu, 12), Lodi (Aleks Telles, 69), Koutinyu (Everton Ribeyro, 71), Kazemiro, Duglas Luis, Neymar, Roberto Firmino (Everton, 69), Risharlison.
Ogohlantirishlar: Tapiya, 37. Gonsales, 54.


