⚡️ JCH-2022. Oxirgi tur oldidan “A”, “B”, “C” hamda “D” guruhlaridagi holat qanday? O'zbekiston TJga kim raqiblik qilishi mumkin? (batafsil)

Eldor Akmurzayev
3 okt 2022, 10:35
Xabaringiz bor, Turkiyada nogiron-ampuntantlar o'rtasida 17-jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Bugun guruh bosqichi o'z yakuniga etadi. O'zbekiston MTJ “E” guruhida muddatidan oldin peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo'l oldi. Avvalroq, vakillarimizga A/B/C/D kvartetlarida uchinchi bo'lgan jamoadan biri raqiblik qilishi haqida ma'lumot bergandik.

Guruh bosqichida 1/8 finalga 1-2-o'rin egalari (12 ta) hamda 3-o'rinni qo'lga kiritgan eng yaxshi 4 jamoa yo'l oladi.

Hozirda “A” guruhida Liberiya (0 ochko), “B” guruhida Kolumbiya (1 ochko), “C” guruhida Angliya (3 ochko) hamda “D” guruhida Marokash (3 ochko) uchinchi pog'onada turibdi.

Rustam Mehmonov shogirdlari 1/8 finaldan muvaffaqiyatli o'tsa, chorak finalda “D” guruhi g'olibi (hozircha Eron) hamda “F” guruhida (hozircha Italiya) 2-bo'lgan jamoa o'rtasidagi uchrashuvda muvaffaqiyat qozongan ishtirokchiga qarshi to'qnash keladi.

Eslatib o'tamiz, 3-tur oldidan O'zbekiston bilan birga amaldagi jahon chempioni Angola, Yaponiya, Gaiti hamda mezbon Turkiya keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ygan.

Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. 3-tur. 3 oktyabr

13:00, O'zbekiston – Tanzaniya

14:00, Meksika – Yaponiya

14:00, Kolumbiya – Germaniya

14:30, Fransiya – Liberiya

15:30, Angola – Italiya

15:30, Urugvay – Iroq

17:00, Braziliya – Irlandiya

17:00, Eron – Marokash

18:30, Angliya – Argentina

18:30, AQSH – Indoneziya

20:00, Polsha – Ispaniya

22:00, Turkiya – Gaiti

OXIRGI TUR OLDIDAN GURUHLARDAGI HOLAT

3-O'RINDAGILAR JADVALI (4 TASI 1/8 FINALGA CHIQADI)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia