⚡️ JCH-2022. Keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ygan Rustam Mehmonov shogirdlari bugun guruh autsayderi bilan o'ynaydi (+jadval va LINK)

Eldor Akmurzayev
3 okt 2022, 08:50
Turkiyada nogiron-amputantlar o'rtasidagi mundial davom etmoqda.

O'zbekiston TJ ilk turda Evro-2021 bronza medali sohibi Polshani 3:1, 2-turda esa Yevropa vice-chempioni Ispaniyani yirik (3:0) hisobda mag'lub etgan holda “o'lim guruhi”dan birinchi o'rin bilan 1/8 finalga yo'l olgandi.

Rustam Mehmonov shogirdlariga keyingi bosqichda A/B/C/D kvartetlarida uchinchi bo'lgan jamoalardan biri raqiblik qiladi.

Bugun, 3 oktyabr kuni musobaqaning guruh bosqichi o'z yakuniga etadi. O'zbekiston terma jamoasi guruh autsayderi Tanzaniyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi.

JCH-2022. 3-tur

13:00, O'zbekiston – Tanzaniya

"TFF Riva Facility" maydoni, Istanbul

Jonli efirda ko'rish LIVE

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia