AQSH daxshatli o'yinda Eronni mag'lub etib, nimchorak finalga yo'l oldi

Administrator
30 noya 2022
Uchinchi turdagi markaziy uchrashuvlardan biri bo'lmish Eron – AQSH o'yini yakunlandi.

Eron – AQSH 0:1 LIVE

29 noyabr, 23.59, Al-Tumam stadioni

Gol: 38 - Pulishich (Dest)

Eron – Beyranvand, Rezayan, Puraligandji, Xosseyni, Moxammadi, Xadjsafi, Ezzatollaxi, Nurollaxi, Golizade, Taremi, Azmun.

AQSH – Terner, Dest, Rim, Karter-Vikers, Robinson, Adams, Makkenni, Musa, Pulishich, Vea, Sardjent.


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+9. Eron terma jamoasi a'zolari penalti talab qilmoqda. Ispaniyalik hakam esa penalti bermadi

90+6. Ogohlantirish: Abolfazl hakam tomonidan ogohlantirildi

90+3. Morteza Purligandjining zarbasiga ozgina aniqlik yetishadi

Hakam ikkinchi bo'limga to'qqiz daqiqa qo'shib berdi

82. Ali Karimining zarbasini darvozabon ushlab oldi

78. O'zgarish: Jarohat olgan Sardjentning o'rniga Rayt maydonga tushdi

77. Ogohlantirish: Madjid Xosseyni hakam tomonidan ogohlantirildi 

74. Uchrashuvda to'xtalish. Sardjent jarohat olib maydonda yotibdi

71. O'zgarish: Nurollaxi va Xajisafi maydoni tark etdi. ularning o'rniga Torabi va Abolfazl maydonga tushdi



71. Said Ezatolaxining zarbasi noaniq ketmoqda

69. Yunus Musaning zarbasiga aniqlik yetishmadi

65. O'zgarish: Makkennining o'rniga Akosta maydonga tushdi

65. Eronda navbatdagi yaxshi imkoniyat. Taremi to'pga eta olmadi, keyin Gottosning kuchli zarbasi juda noaniq ketdi

52. Eron ikkinchi bo'limda ilk hujumini tashkil qildi. Goddosning zarbasiga aniqlik yetishmadi

47. Sardjentning zarbasini darvozabon ushlab oldi

46. O'zgarish: Eronda Arzumning o'rniga Goddos maydonga tushdi. AQSHda esa jarohat olgan Pulishich o'rniga Aaronson maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi



45+3. O'zgarish:  Ali Karimi jarohat olgan Milad Moxammadini alishtirdi

Hakam birinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

43. AQSH sardori Tayler Adams hakam tomonidan ogohlantirildi

42. Sardjent yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq uning zarbasi o'xshamadi

38. Makkenni, Dest va Pulishich uchligi ajoyib hujum tashkil qilishdi va so'nggi nuqtdani Chelsi futbolchisi qo'ymoqda



38. GOOOOOOOOL. Pulishich hisobni ochmoqda

33. Timoti Veada yana bir yaxshi imkoniyat. Bu safar ham Oltin to'p sohibining o'g'liga ozgina omad yetishmadi

30. Dest qanotdan kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachilarga tegib qaytmoqda

28. Timoti Veaning zarbasini eronliklar darvozaboni ushlab oldi. Hozircha ustunlik AQSHda

20. Taremi yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq u o'z imkoniyatidan foydalana olmadi



18. Hozircha AQSHning chaqon o'yinchilari Eronning barzangi yigitlarini ancha qiynab qo'yishmoqda. Biroq osiyoliklar yaxshi himoyalanishmoqda

17. Dest qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, Musaning ajoyib zarbasini yana Beyranvand qaytarmoqda.

11. Pulishich boshi bilan darvozaga aniq zarba yo'lladi, ammo Beyranvand o'z o'rnida

9. Uchrashuvdagi ilk zarbani AQSH terma jamoasi a'zosi Yunus Musa yo'lladi, biroq Musaning zarbasi ancha noaniq

6. Eronliklar hujum qilishga harakat qilishmoqda. hozircha ularning raqiblari yaxshi himoyalanishmoqda

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov Championat.asia sayti uchun maxsus





UCHRASHUV BOSHLANDI!


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia