JCH-2022. Bronza medali uchun bahsni qatarlik hakam boshqarib boradi

Eldor Akmurzayev
16 dek 2022, 07:45
Qatardagi mundialning 3-o'rin uchun kechadigan uchrashuvida Xorvatiya Marokash bilan bahslashadi.

Ushbu o'yinni qatarlik Abdurahmon Al Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bronza medali uchun o'yin 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Xalifa Milliy” stadionida boshlanadi.

35 yoshli referi musobaqada AQSH – Uels (1:1) uchrashuvida ishladi. U 6 ta sariq ko'rsatib, bitta penalti belgiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia