JCH-2018. Serbiya terma jamoasi ham Rossiyaga boradi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2017, 02:31
Serbiya terma jamoasi jahon chempionatiga yo'llanma olgan o'n ettinchi terma jamoaga aylandi.

Bugun serbiyalik futbolchilar o'z maydonlarida Gruziya terma jamoasini qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchishdi. Priyovichning 74‑daqiqada kiritgan yagona goli Serbiyani JCH-2018 final bosqichiga olib chiqdi.

Bolqonliklar 21 ochko jamg'arib, D guruhi g'olibiga aylanishdi. Bu guruhdan Irlandiya terma jamoasi ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offda mundial chiptasi uchun kurashni davom ettiradi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif