JCH–2018 saralashi. Valentin Kovalenko Saudiya Arabistoni – Yaponiya uchrashuvini boshqaradi

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2017, 11:48
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 10-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni – Yaponiya uchrashuviga rasmiylarni tayinladi.

Mazkur uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar guruhi  boshqarib boradi. Valentin Kovalenko bosh hakam vazifasini bajaradi, qanotlarda Mamur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov ishlaydi. Zaxira hakami  – Dmitriy Pislegin.

Iordaniyalik Ismoil Adnan al-Hafi referilar ishiga baho beradi. Uchrashuv komissari etib Janubiy Koreya vakili Li Sangvun tayinlandi.

Ma'lumot uchun, “B” guruhi peshqadamligi uchun kurashayotgan Saudiya Arabistoni va Yaponiya o'rtasidagi o'yin 5 sentyabr kuni Jidda shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com