JCH-2018. Armaniston o'z uyida Daniyaga yirik hisobda yutqazdi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2017, 23:48
Yevropa qitasida JCH-2018 saralash bosqich uchrashuvlari davom etmoqda.

Hozirgina yana bir uchrashuv yakunlandi. “E” guruhi yetakchilaridan biri Daniya terma jamoasi mehmonda Armanistonni 4:1 hisobida mag'lub etib, birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Mehmonlar safida Deleyni xet-trikka erishdi.

Yagona javob to'pi muallifi o'z vaqtida O'zbekiston chempionatida to'p tepgan Ruslan Koryan tomonidan kiritildi. Aynan Koryan uchrashuvdagi hisobni ochgan edi. 

JCH-2018. Yevropa qitasi. “E” guruhi. 8-tur

Armaniston - Daniya 1:4 (1:2)

Gollar: 1:0 – Koryan – 6, 1:1 – Deleyni – 16, 1:2 – Eriksen – 29, 1:3 – Deleyni – 81, 1:4 – Deleyni – 90+3

Turnir jadvalidagi holat: 1. Daniya – 16 ochko (8ta o'yin); 2. Polsha – 16 (7); 3. Chernogoriya - 13 (7); 4. Ruminiya – 9 (7); 5. Armaniston – 6 (8); 6. Qozog'iston – 2 (7).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif