Javohir Sohibov "Turon"ga qaytadi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2020, 10:20
Barchangizga ma'lum, "Turon"ning iqtidorli yarim himoyachisi Javohir Sohibov ko'rikdan o'tish uchun xorij chempionatiga yo'l olgandi.

Tajribali futbolchi Ukraina chempionati ishtirokchisi "Veres" klubi muvaffaqiyatli ko'rikdan o'tdi. Bu haqida klub bosh murabbiyi quyidagicha fikr bildirgan.

"U sifatli futbolchi. Jamoamiz safida nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi va ijobiy taasurot qoldirdi. Biz Javohir bilan birgalikda to'liq tarkibda qishki o'quv-mashg'ulot yig'inida ko'rikdan o'tishi mumkinligi haqida kelishib oldik. Shundan keyin shartnoma masalasiga qaytamiz",- deydi Yuriy Virt.

Ma'lum bo'lishicha, Javohir Sohibov ushbu klubning qishki yig'inida ko'rikdan o'tadi. Tajribali yarim himoyachi bu vaqtga qadar "Turon" bilan amaldagi shartnomasiga muvofiq, PRO-Liga joriy mavsumining qolgan qismini jamoa safida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, Javohir Sohibov 15 oktyabr kuni "Turon" ixtiyoriga kelib qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати